Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kapitoliy yarim qamal holatida

Kapitoliy tepaligidagi xavfsizlik va tartib uchun mas’ul politsiya bo‘limi Milliy gvardiya qo‘mondonligidan AQSh Kongressini yana ikki oy davomida qo‘riqlashni so‘radi. Pentagon ushbu murojaatnomani o‘rganib chiqishga va’da berdi.

Murojaatda Amerika poytaxti huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari qonun chiqaruvchilar joylashgan binolar majmua hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklar to‘g‘risida ma’lumot olingani bayon etilgan. Ehtimoliy tashkilotchilar sifatida QAnon (Tramp bilan bog‘liq AQShda keng tarqalgan fitna nazariyasi)ning qo‘llab-quvvatlovchilari nomlandi.

"Umid qilamanki, siz o‘zingizni xavfsizlikda his qilyapsiz. Endi panjara o‘rnatildi, hudud Milliy gvardiya tomonidan qo‘riqlanmoqda. Bular aslida biz uchun majburiy choralar, bu - yarim qamal holati. Biz Kapitoliyning butun xalqqa tegishli bo‘lishini xohlaymiz”, deydi AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi.

Ayni paytda Vashingtonda milliy gvardiyachilarning 5 minglik kontingenti joylashgan bo‘lib, ular 6 yanvar kuni Kapitoliyda ro‘y bergan to‘qnashuvlar sabab va 20 yanvar kuni Jo Baydenning inauguratsiyasi paytida tartibni saqlash uchun AQSh poytaxtiga ko‘chirilgan.

Harbiy xizmatchilar kelasi hafta kazarmaga qaytishlari kerak edi. Ammo hukumat binolari xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lgan xavfsizlik idoralari rahbariyati Kapitoliydagi to‘siqlar yaqin oylarda olib tashlanmasligini ta’kidladi.