Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantin davridagi mehnat ta’tili xodimning ish stajiga kiradimi?

“Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandiga asosan mazkur mehnat ta’tili uning muddatidan qat’i nazar xodimning ish stajiga kiradi.

Agar xodim mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda, shuningdek, ish beruvchi bilan kelishgan holda masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigi yoxud o‘z uyida ishlayotgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalari faoliyati tiklansa yoki xodimning mehnat ta’tilida qolish ehtiyoji bo‘lmasa, xodim muddatidan oldin ishga chiqish yoki odatiy (to‘liq) ish rejimiga o‘tkazish bo‘yicha yozma ravishda ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Bunda, ish beruvchi ushbu arizani qanoatlantirishi lozim.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganligi sababli xodim ta’tilga chiqqan davrida xodimni ta’tildan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Orif MUHAMMADIYeV,

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi.