Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kasalliklarning 85 foizi sog‘lom turmush tarziga amal qilmaslikdan kelib chiqadi

Samarqand davlat tibbiyot institutida «Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish»  mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Unda Buyuk Britaniya, Daniya, Rossiya kabi davlatlardan olimlar, shifokorlar mavzuga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Jumladan, Butunjahon sog‘likni saqlash tashkilotining Yevropa hududiy idorasi, Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish, nazorat qilish va qarshi kurashish dasturi yetakchi rahbari Jill Farington, Rossiya koloproktologiya o‘quv markazi direktori, RAN muxbir a’zosi, professor Yuriy Sheligin kabi ko‘plab olim va mutaxassislarning ma’ruzalari tinglanmoqda.

Anjumanda viloyat hokimi E.Turdimov ishtirok etib, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.