Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatiladi

Shu yil 18 yanvar kuni soat 09:00 dan soat 14:00 ga qadar Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Kattaqo‘rg‘on shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Ko‘hnadam mahalla fuqarolar yig‘inida Navbahor, Damariq, Ko‘hnadam hamda O‘rikzor mahallalari aholisiga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Sayyor xizmatlar davomida:

-  elektr energiyasini hisobga olish tizimini plombalash, elektr ta’minoti shartnomasini tuzish;

-  fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish;

-  tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

-  jismoniy shaxslar uchun soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (STIR) olish;

-  davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga ariza olish va joylashtirish uchun yo‘llanmalar berish kabi davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.