Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda uka akasining umriga zomin bo‘ldi

Joriy yilning 17 iyul kuni soat 23:30 larda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 33 yoshli U.T. Navbahor mahallasi hududida joylashgan “Marjona” oshxonasida akasi 47 yoshli O.T. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, uylariga ketayotgan vaqtlarida o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal tufayli U.T., akasi O.T.ning tanasini turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

Natijada O.T. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. U.T.ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.