Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kelin qaynonasining 7 ming AQSh dollarini o‘g‘irladi

Shu yilning 9 yanvar kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida tug‘ilgan X.M. ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, bir kun avval uning yotoqxonasidagi sandiq ichidan 7 ming AQSh dollarini noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor sa’y-harakatlar natijasida ushbu jinoyatni arizachining birga yashovchi kelini sodir etganligi aniqlandi.

Postda.uz nashrining xabar berishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.