Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Kichik javohirlar” oilaviy nodavlat bog‘chasiga talab katta

Oqdaryo tumanidagi “Po‘latdarxon” mahallasida tashkil etilgan uy bog‘chada 25 nafar jajji o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. 

– Ayni paytda bog‘chamizda ikkita guruh tashkil etilgan, – deydi tadbirkor Munira Ravshanova. – Darslar ilk qadam dasturi asosida olib borilmoqda. Shuningdek, rus va ingliz tili to‘garaklari ham tashkil qilingan. Nodavlat bog‘chaga talab katta bo‘lmoqda, shuning uchun yaqin kunlarda yana bitta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini ochishni rejalashtiryapmiz.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Oqdaryo tumanida 31 ta oilaviy nodavlat bog‘chalar faoliyat ko‘rsatmoqda.