Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus infeksiyasini aniqlash test-tizimi haqida nimalarni bilasiz?

COVID-19 infeksiyasi mavjudligini qanday aniqlash mumkin?

Tashxis faqat JSST tavsiyalarida qayd etilgan kasallikning epidemiologik va klinik ta’rifiga javob beradigan holatlardagina amalga oshiriladi. Test O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi virusologiya laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Mustaqil foydalanish uchun test-tizimini sotib olish mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi qanday test-tizimini sotib oldi?

O‘zbekiston koronavirus infeksiyasini aniqlash test-tizimini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Rossiya Federatsiyasi va Germaniyadan olgan. Test-tizimidagi reagentlar to‘plami koronavirus infeksiyasini zamonaviy laboratoriya usulida tashxislash imkonini beradi. To‘plamlar koronavirusni aniqlash uchun ishlab chiqarilgan. Kelgusida JSST tomonidan qo‘shimcha reaktivlar olish rejalashtirilmoqda.

Koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test qancha vaqt davom etadi?

Koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun 5-6 soat kerak bo‘ladi.

Hududlarda koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test-tizimi mavjudmi?

Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va Virusologiya ITI, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining virusologiya laboratoriyalari koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun test-tizimi bilan ta’minlangan.