Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus Jizzaxga ham yetib keldi

Bugun, 7 aprel soat 12:00 holatiga Jizzax shahrida koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi.

Aniqlanashicha, ikki nafar gumonlanuvchining keyingi tahlillarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ayni paytda mazkur 2 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana ikki nafar gumonlanuvchining keyingi tahlillari hozir tekshiruv jarayonida.

Viloyatimizda koronavirusning oldini olish borasidagi profilaktika ishlari izchillik bilan davom ettirilmoqda. Bu borada barcha zaruriy choralar ko‘rilayapti.

"Viloyatimiz ahlidan vahimaga berilmasdan, karantin qoidalariga qat’iy amal qilishlarini, shuningdek, faqatgina dastlabki rasmiy manbalar tomonidan tarqatilgan axborotlardan foydalanishlarini so‘raymiz", deyilgan Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabarida.