Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus: Qirg‘izistondagi vaziyat

Qirg‘izistonda so‘nggi kecha-kunduzda 69 nafar yangi kasallanganlar qayd etildi. Kasallanganlarning umumiy soni 216 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda 6 aprel kuni respublika COVID-19ga qarshi kurashish shtabi vakili xabar berdi.

“2020 yilning 6 aprel kuni respublikada 69 nafar yangi kasallanish holati qayd etildi”, deya ta’kidladi shtab vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallanish holati alohidalashda bo‘lgan fuqarolarda aniqlangan.

O‘tkazilgan matbuot konferensiyasida Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Sabirjan Abdikarimov bergan ma’lumotga ko‘ra, so‘nggi kecha-kunduzda koronavirus bilan kasallangan bemorlarning ikki nafari vafot etgan. Shuningdek, 10 nafar bemor sog‘aygan va yana 23 nafar bemorga kasalxonadan javob berish kutilmoqda.

Mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlarning umumiy soni to‘rt nafarga yetdi.