Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus tarqalishi xavfi tufayli Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham Hayit namozini masjidlarda o‘qish qoldirildi

Muqaddas ramazon oyining yakunlanishi bilan o‘qiladigan hayit namozi, koronavirus tarqalishi xavfi tufayli Qozog‘iston masjidlarida o‘qilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi xabar qildi.

“Islomda barcha bayram namozdan boshlanadi. Shariat hukmiga binoan, Hayit namozi jamoat bilan o‘qilishi shart. Biroq joriy yilda mamlakatda karantin bilan bog‘liq bo‘lib turgan vaziyat tufayli Hayit namozi masjidlarda o‘tkazilmaydi”, deyilgan boshqarma xabarida.

Hayit namozini bir kishi tomonidan o‘qilishi joiz emasligini hisobga olgan holda, har bir musulmon bayram tongida o‘z uyida qo‘shimcha ad-Duo namozini o‘qishi mumkinligi ta’kilangan xabarda.

Xuddi shunga o‘xshash fatvoni Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi ham e’lon qildi.

“Joriy yilda Hayit namozi, koronavirus tarqalishi xavfi tufayli, maydon va masjidlarda o‘qilmaydi”, ma’lum qildi Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi vakili.