Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus yuqtirgan bemorlar soni bo‘yicha Ispaniya Italiyadan o‘zib ketdi

Bu haqda “Sputnik” nashri xabar bermoqda.

Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakatda kasallanganlar soni 117 ming nafarga yetgan. Bu holat Italiyada 115 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.

Ispaniyada favqulodda tayyorgarlik holati 11 aprelga qadar uzaytirilgan. Aholi faqatgina o‘ta zarur hollarda ko‘chaga chiqishlari mumkin. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari xaridi uchun, kasalxonaga yetib olish uchun, sog‘ligi yomonlashgan odamlarga yordam ko‘rsatish uchun va kasblari taqozo qilgan hodimlarga ishxonaga yetib olishlari uchun ruxsat berilgan.

Hukumat 9 aprelga qadar mamlakatdagi barcha hayotiy zarurat bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyatlarni to‘xtatgan.