Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusga chalingan 14 yoshli chiroqchilik o‘smirning otasi va opasi ham kasallikni yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Qashqadaryo viloyatida koronavirus bilan xastalangan bemorlar uch nafarga yetdi.

“Bemorning 36 yoshli otasi Toshkent shahrida yashagan turmush o‘rtog‘ining akasi, koronavirus infeksiyasi tufayli 28 mart kuni vafot etgan shifokor bilan yaqin muloqotda bo‘lgan. 16 yoshli opasi esa ukasi bilan muloqot orqali mazkur infeksiyani yuqtirib olgan”, deyiladi boshqarma axborot xizmati bergan xabarda.

Ayni paytda bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi va ular yashagan hudud karantinga olingan.

Eslatib o‘tamiz, qashqadaryolik 14 yoshli bemor Chiroqchi tumanidan bo‘lib, u ota-onasi bilan 16-21 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib, 20-21 mart kunlari qarindoshi — koronavirusdan vafot yetgan ikkinchi bemornikida bo‘lgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 16 taga ko‘payib, 221 nafarga yetdi.