Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Korxonaga ishga qabul qilishda COVID-19 tahlili haqidagi ma’lumotnoma talab qilinishi qanchalik to‘g‘ri?

AOKA shtabiga kelib tushgan savollarga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova javob berdi:

— Korxona karantin paytida yangi ishchilarni ishga olishda ulardan virusga kasal bo‘lmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani talab qilishi qanchalik to‘g‘ri?

— Mehnat kodeksining 80-moddasida ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan. Ushbu hujjatlar va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Biron-bir normativ hujjatda ishga qabul qilishda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kasallikka chalinmaganligi to‘g‘risidagi hujjat talab qilish ko‘rsatilmagan.

Agar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarolarni ishga qabul qilishda kasallikka chalinganligi sababli ishga qabul qilish rad etilsa, noqonuniy ishga qabul qilish rad etilgan hisoblanadi va ish beruvchini javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.