Yaponiyalik olimlar COVID-19 haqida yangi ma’lumot taqdim etdi

Kunchiqar yurt olimlari taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, yopiq xonalardagi havo namligi koronavirus zarralari tarqalishi tezligiga ta’sir qiladi. Bu haqda Rambler nashri xabar berdi.

Yaponiyaning Riken tadqiqotlar instituti va Kobe universiteti mutaxassislari, super kompyuter yordamida qish mavsumida quruq xonalarda koronavirus infeksiyasi yuqish xavfi sezilarli darajada yuqori bo‘lishini isbotladilar.  

Tadqiqotchilar “Fugaku” super kompyuteridan turli xonalarda kasallangan odamlardan virus zarralari nurlanishi va oqimi modellashtirilishida foydalandilar. O‘tkazilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, havo namligi 30 foizdan past bo‘lgan holda virus aerozol zarralari, 60 foiz va undan yuqori bo‘lgan holga nisbatan ikki barobar ko‘proq oshadi.  

Olimlarning fikriga ko‘ra, namlantiruvchi vositalar xonani shamollatish imkoni bo‘lmagan davrda infeksiya tarqalishining oldini olishda yordam beradi. Shu bilan birga, tibbiy niqoblar mato niqoblarga nisbatan virusdan yaxshiroq himoya qiladi.