COVID-19 ning kelib chiqishi aniqlanmasa yangi COVID-26 va COVID-32 pandemiyalari xavf tug‘diradi

Amerikalik olim, AQShdagi koronavirus va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi Piter Xotez NBC News efirida «Agar COVID-19 kelib chiqishi aniqlanmasa, kelajakda COVID-26 va COVID-32 pandemiyalari xavf solishi» haqida ogohlantirdi.

Buning uchun olimlar koronavirus paydo bo‘lishini o‘rganishi kerak, mutaxassislarni Xitoyning Uxan shahriga yuborish zarur. Shu bilan birga, Xitoy hukumati ko‘magisiz kerakli natijaga erishish qiyin bo‘ladi. Buning uchun Pekinga bosim o‘tkazish zarur», deb hisoblaydi olim.

"Bu XXI asrdagi uchinchi yirik koronavirus epidemiyasi yoki pandemiya. Hozirgisi ketma-ket uchinchisi. Ona tabiatning o‘zi nima bo‘lishini aytyapti: agar biz COVID-19 ning paydo bo‘lishini to‘liq anglamasak, unda COVID-26 va COVID-32 keladi", deya Xotezning so‘zlarini keltiradi «RIA Novosti».

Immunolog Vladislav Jemchugov amerikalik olimning yangi viruslar tahdidi haqidagi bashoratiga izoh berdi:
* Bakteriya va viruslar evolyusiyasi - bu doimo sodir bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan tabiiy jarayon.
* Bundan qo‘rqish kerakmi yoki yo‘qmi? Ha!
* Hamma mamlakatlar xulosa chiqarishdi - diagnostika va profilaktika tizimlari rivojlanmoqda, vaksinalar ishlab chiqarilmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 170 million koronavirus kasalligi aniqlangan. 3,5 milliondan ortiq odam yangi turdagi infeksiyadan vafot etgan.