Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kun tarixi: 15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni

1983 yildan buyon ushbu sana butun dunyoda Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni sifatida­ keng nishonlanadi.­

1985 yil 9 aprelda BMT Bosh assambleyasi tomonidan iste’molchilar huquqlari muhofazasining asosiy tamoyillari qabul qilingan.

Respublikamizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan bi­ri etib belgilangan. Asosiy Qonunimizning 53-moddasida iste’molchilar huquqlari ustunligi prinsi­pi o‘z ifodasini topgan. Shuningdek, iste’molchilar haq-huquqlarini ta’minlashda «Iste’molchilarning hu­quqlarini himoya qilish to‘g‘­risida»gi qonun hamda

Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qi­lishda jamoatchilik ishti­rokini kengaytirish chora-tad­birlari to‘g‘risida»gi qa­rori dasturilamal­ bo‘lib xizmat qilmoqda.