Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Majburiy ijro byurosi bir guruh jurnalistlarni kasb bayrami bilan taqdirladi

Samarqandda 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Majburiy ijro byurosi tomonidan tadbir tashkil etildi. Unda viloyatdagi matbuot nashrlarining rahbarlari, yetakchi muxbirlari, televideniye jurnalistlari va internet jurnalistikasi vakillari taklif etildi.

Bayram dasturxoni atrofida tashkil etilgan tadbirni Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib, matbuot va matbaachilik sohasida erishayotgan yutuqlar va o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Barcha jurnalistlarga ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng B.Umarov tadbirga tashrif buyurgan 24 nafar jurnalistlarga viloyat boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

- Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon jurnalist oldiga ham ulkan mas’uliyat va vazifalarni qo‘ymoqda, - deydi “Adolat sari” yuridik gazetasi muxbiri Rustam Hayitov. - Bugun shunchaki yozib, yoritib bo‘lmaydi. Jurnalistning fikri jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi kerak. Odamlarning dardu tashvishlari, ularni qiynayotgan muammolarni yorqin suratlarda yoritish, jamiyatda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish qalam ahlining eng asosiy vazifasiga aylanmoqda.

Majburiy ijro byurosi

Samarqand viloyat boshqarmasi.