Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ma’lumot olish pullikmi?

– Pensiyaga chiqishim uchun o‘zim ishlagan korxonadagi ish haqim haqidagi ma’lumotni olishim kerak bo‘ldi. Buning uchun arxivga murojaat qildim. U yerda bir necha yillik ma’lumotlarni taqdim etish pullik deb aytishdi, shu to‘g‘rimi?

G.Ismailova,

Samarqand shahri.

– To‘g‘ri. 10 yildan ortiq bo‘lgan vaqt mobaynidagi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar pullik amalga oshiriladi. Ushbu to‘lov har bir yili uchun 8155 so‘mni tashkil qiladi. 10 yilgacha bo‘lgan arxiv ma’lumotlarni taqdim etish esa bepul amalga oshiriladi.

Aytish kerakki, Samarqand shahar idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivida hozirgi kunga qadar Samarqand shahridagi tashkilot va korxonalarning 39 ming 253 saqlov birligidagi shaxsiy tarkibga oid hujjatlari saqlanmoqda. Ushbu hujjatlardan fuqarolarning nafaqaga chiqishi uchun arxiv ma’lumotnomalari beriladi. Joriy yilda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 2270 ta so‘rovlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu so‘rovlarning barchasiga tegishli qonun talabiga muvofiq javob berilgan.

Savolga Samarqand shahar

idoralararo xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi rahbari Shokir SHOMIRZAYEV javob berdi.