Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mast holdagi fuqaro turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi

Toshkent shahrida noxush voqea yuz berdi deb, xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, joriy yilning 17 iyul kuni soat 21:45 larda fuqaro D.P. (1977 yilda tug‘ilgan) shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i R.I. (1963 yilda tug‘ilgan) bilan Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv-1 dahasida joylashgan yashash xonadonida mast holda o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan R.I.ning chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan D.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.