Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Maxsus stikersiz harakatlangan avtomashina piyodani urib yubordi

Joriy yilning 12 aprel kuni soat 20:30 larda Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, Sanoatchilar MFY hududidan o‘tuvchi 4R35 avtomobil yo‘lida, Do‘stlik paxtani qayta tozalash zavodi ro‘parasida haydovchi - 1985 yilda tug‘ilgan R.A. ishonchnomasiz, harakatlanish huquqini beruvchi transport vositasini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan piyoda - 1970 yilda tug‘ilgan U.J.ni urib yuborib, YTH sodir qilgan.

Oqibatda piyoda U.J. olgan tan jarohatlari og‘irligi tufayli Do‘stlik tumani shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.