Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Mehr-muruvvat oyligi”da faol ishtirok eting!

Joriy yilning 30 noyabridan 30 dekabriga qadar mamlakatimizda “Mehr-muruvvat oyligi”, deb e’lon qilindi. Ushbu oylik doirasida imkoniyati cheklangan insonlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularning jamiyatga integratsiyasini jadallashtirish, ushbu mavzularga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilishi belgilangan.

Oylik davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida xayriya konserti bo‘lib, marafonga start beriladi. Xayriya marafonidan tushadigan mablag‘ nogironlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasi uchun qaratiladi. Oylik davomida madaniy-ma’rifiy xayriya tadbirlari, «Saxovat» va «Muruvvat» uylarida bayram tadbirlari tashkil etilishi mo‘lajallangan. Fursatdan foydalanib, samarqandliklarni ushbu “Mehr-muruvvat oyligi”da faol ishtirok etishini so‘raymiz.

Oylik davomida «Nuroniy» jamg‘armasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan kishilarning holidan xabar olinishi, 25 dekabrga qadar ularni bepul tibbiy, laborator diagnostika ko‘riklaridan o‘tkazish, davolash, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish kabi ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga yordam qo‘lini cho‘zishni niyat qilganlar O‘zbekiston nogironlar jamiyati viloyat bo‘limining hisob raqamiga («Agrobank» Samarqand viloyati bo‘limidagi 20212000200554938001, MFO: 00279, INN: 201208714) mablag‘ o‘tkazishlari mumkin.