Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Metall ovchilari”ni ko‘rsangiz xabar bering!

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chalar va undagi suv va oqova tizimlari bog‘lamali joylari (kolodets)ning qopqog‘i yo‘qligi bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar tarqalmoqda. “Samarqand suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunga e’tibor qaratib, holatni o‘rgangan holda uni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqmoqda.

Xo‘sh, bunday holatning kelib chiqishiga aslida nima sabab bo‘lgan? Oqova quduqlarining qopqoqlari kimga va nimaga kerak? Uni olishdan kim manfaatdor?

Sir emaski, bu quduqlarning qopqog‘ini olish va joyiga qo‘ymaslikdan mas’ul tashkilot manfaatdor bo‘lmaydi. Chunki jamoatchilik nazorati va boshqa talablardan kelib chiqib, bu holatda korxonaning o‘zi o‘z mablag‘i evaziga yana qopqoq qo‘yishga majbur bo‘ladi.

Xalq orasida “metall ovchilari”, degan tushuncha yuradi. Gapning ochig‘i, bunga biz ham bir emas, bir necha bor guvoh bo‘lganmiz. Aslida ular quduqlarga qo‘yilgan qopqoqlarni olib ketyapti? Bu bilan mazkur holatlarning sodir bo‘lishida aholining o‘zini ayblamoqchi emasmiz. Ammo guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, shu ishga qo‘l urayotganlar ham afsuski, uchrab turibdi.

Shunday ekan, oqova quduqlarining qopqoqlari olib ketilayotgan jarayonga ko‘zingiz tushsa, ishonch telefonlarimiz orqali xabar bering - 66 233-18-21, 66 237 -09-03.

"Samarqand suv ta’minoti" MChJ matbuot xizmati.