Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

MIB paxta tozalash zavodidan 3 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzdorligini undirib berdi

Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining sud hujjatiga asosan qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJdan undiruvchi Paxtachi tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 mlrd. 569 mln. 694 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Paxtachi tuman bo‘limi xabar bermoqda.

Ijro harakatlari davomida qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJning hisob-raqamiga band solinib, mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborildi.

Qarzdorning “Ziyovuddin paxta tozalash” AJga tegishli bo‘lgan hisob-raqamlari band solingach va pul mablag‘larini xatlab, “ATB Agrobank” tuman filiali rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 232-233-moddasi talablari tushuntirilgan holda vaqtincha saqlash uchun topshirildi.

Hozirda qarzdor “Ziyovuddin paxta tozalash” AJning tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 3 mlrd. 569 mln. 694 ming so‘m soliq qarzi undirildi, deyiladi xabarda.