Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Milliy gvardiya xodimlari xayriya maqsadida qon topshirdi

Samarqand viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari mamlakatda pandemiya sabab karantin e’lon qilingan bir vaziyatda ko‘ngillilar qatorida xayrli ishlarga qo‘l urmoqda.
Kuni kecha harbiy qism komandiri E.Gulyamov boshchiligida “Mehribon yurak” shiori ostida harbiylar qon topshirdi.
Xayriya maqsadida uyushtirilgan ushbu tadbirda 65 nafar harbiy xizmatchi ko‘ngilli sifatida ishtirok etdi.

Jahongir PO‘LATOV.