Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Moskvada charter reyslari tashkil etilishini kutayotgan vatandoshlarga barcha sharoitlar yaratilgan

Joriy yil 31 mart kuni Rossiyaning qator ommaviy axborot vositalarida “Domodedovo” (Moskva) xalqaro aeroportidan charter reyslarida uylariga qaytishni istagan 300 ga yaqin Markaziy osiyolik mehnat muhojirining chiqarib yuborilganligi to‘g‘risidagi xabarlar chop etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi “Domodedovo” va “Jukovskiy” aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining to‘planishi faktini rad etdi. Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlarida bo‘lgan vatandoshlarning aksariyati charter reyslarida O‘zbekistonga olib ketilgan.

Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan 160 nafarga yaqin o‘zbekistonliklar navbatdagi charter reyslari tashkil etilgunga qadar hostel (yotoqxona)ga joylashtirilgan. Yurtdoshlarimizga yashash uchun barcha sharoit yaratilgan. Xususan, vatandoshlarimizga kuniga uch mahal issiq ovqat tashkil etilgan, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.