Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Moskvada o‘zbeklar va qirg‘izlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 2019 yil 24 noyabr kuni Moskva shahrida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘lgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Mazkur hodisa oqibatida 15 nafar shaxs, jumladan, 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Nizo futbol musobaqasida qoidalarning buzilishi sabab kelib chiqqan.

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilmoqda. Elchixonaning Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan.

TIV xabarida bir kishi halok bo‘lgani qayd etilgan. Xususan, Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Eslatilishicha, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod oblasti, Bryansk oblasti, Vladimir oblasti, Voronej oblasti, Ivanovo oblasti, Kaluga oblasti, Kostroma oblasti, Kursk oblasti, Lipetsk oblasti, Moskva shahri, Moskva oblasti, Orlov oblasti, Ryazan oblasti, Smolensk oblasti, Tambov oblasti, Tver oblasti, Tula oblasti, Yaroslav oblasti) va Armaniston hududidagi fuqarolar zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.