Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Muftiy haqida tarqalgan yolg‘on xabar uchun "Azon.uz" bosh muharriri ishdan olindi

Kecha, 10 sentyabr kuni «Azon.uz» nashri O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida xabar tarqatgan edi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining rasman bildirilishicha, muftiy Usmonxon Alimov o‘z lavozimidan ozod etilmagan.

"Shu munosabat bilan, 2019 yil 10 sentyabr kuni "Azon New Media"da shoshilinch majlis chaqirildi hamda xabar tayyorlashda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun "Azon.uz" bosh muharriri ishdan olindi», deb ma’lum qildi tahririyat.