Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar “G‘alla-2020” mavsumida ishtirok etish istagida bo‘lgan barcha yuk tashuvchi avtotransport haydovchilari diqqatiga!

Davlatimiz rahbariyati tomonidan g‘alla hosilini tez fursatlarda yig‘ib olish barobarida Sizga mo‘maygina daromad olishni taklif qilmoqda.

Agar Siz “G‘alla-2020” mavsumida daromad olishni istasangiz, tezlik bilan o‘zingiz yashab turgan tumandagi g‘alla qabul qilish maskaniga kelib, tegishli tartibda shartnoma imzolang.

Bu yilgi tizim Siz kutmagan darajada qulay va ishonchlidir. Har bir tonna yuk uchun bosib o‘tilgan masofaga qarab haq to‘lashning yangicha usullari Sizga taklif qilinmoqda. Ya’ni, bugungi mehnatingiz samarasida keyingi kun pulini oling!

Bundan tashqari, shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab Sizga 30 foiz avans boshlang‘ich to‘lov tariqasida beriladi.

Agar mehnatga haq to‘lashda 24 soatdan ortiq kechiktirishlarga yo‘l qo‘yilsa, Samarqand viloyati transport boshqarmasi qoshida tuzilgan “G‘alla-2020” mavsumi tezkor shtabining (66) 233 31 38 hamda +998 93 8340110 Ishonch telefon raqamlariga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi +998 93 353 00 20 hamda +998 93 964 63 03 telegram messenjerlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Samarqand viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati.