Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Navoiyning nomi kichik harf bilan yoziladimi?

Davlat tili, deb e’tirof etilgan o‘zbek tilini (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasi) buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy nomisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki Navoiy Hazratlari o‘zi ijodida eski o‘zbek (turkiy) tildan foydalanib, uning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

Bugun mamlakatimizda Alisher Navoiyni bilmagan, uning asarlarini o‘qimagan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak, deb o‘ylardik. Adashgan ekanmiz.

Shunday shaxslar bor ekanki, ular hatto Alisher Navoiy nomi atoqli ot sifatida bosh harf bilan yozilishini ham bilmas ekan. Xususan, Urgut tumani tibbiyot (ish qog‘ozi blankasida bosh harf bilan yozilgan) birlashmasining ish qog‘ozi blankasida uning manzili “Urgut tumani navoiy shox ko‘chasi…” deb Navoiy so‘zi kichik harfda qayd etilgan.

Bunday munosabat buyuk mutafakkir sha’niga hurmatsizlik emasmi?!

Yo‘ldosh SUYuNOV,

huquqshunos.