Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nogironlar uchun ajratilgan o‘rindiq qani?

Samarqand shahrida aholiga transport xizmati ko‘rsatilishi yaxshilanayotgan bir paytda, shaharda qatnovchi 51-yo‘lovchi tashish avtobusida «Nogironlar uchun o‘rindiq» degan yozuv bor-u o‘rindiq yo‘q. Xo‘sh, avtobusga chiqqan nogironligi bo‘lgan shaxs shuncha masofagacha tik oyoqda borishi kerakmi?

Bu joydagi o‘rindiq ataylab olingan, deb o‘ylab qolasan kishi. Negaki, ikki kishilik o‘rindiq o‘rniga kamida besh kishi tik holatda joylashib ketmoqda. Bu albatta haydovchi uchun qo‘shimcha daromad. O‘z manfaatini ustun qo‘ygan haydovchi va mutasaddilar nogironligi bo‘lgan shaxslar manfaati haqida o‘ylarmikan?..

Yana bir gap. Avtobusda qancha yo‘lovchi sig‘ishi-yu, o‘rindiqlar soni yozuvi ham yo‘q. Bu kabi holatlarni boshqa yo‘nalishdagi avtobuslarda ham kuzatish mumkinligini eslatgan holda bu holatga mutasaddilar javobini kutamiz.

Husan Eltoyev.