Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobod tumani paxta rejasini viloyatda birinchi bo‘lib bajardi

Nurobodlik paxtakorlar viloyatimizda birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini uddalashdi.

2020 yil paxta hosili uchun tumandagi 4 ta muqobil mashina traktor parki hududida 31 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 632 gektar yer maydonlariga g‘o‘zaning “BUXORO-102” serhosil navi ekilib, 2 ta “Samarkand kamalak invest” MChJ va “Kattaqurgan cluster” MChJ klaster korxonalari bilan birgalikda 1264,4 tonna paxta xom ashyosi xirmoni yaratildi.

Paxta hosilini sifatli va tez fursatlarda yig‘ishtirib olish maqsadida tumanda 14 ta paxta terim otryadlari tashkil etilib, 1260 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolar paxta terimiga jalb qilindi.

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, bugungi kunda tumandagi fermer xo‘jaliklarining paxta maydonlarida paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari davom etmoqda.