Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Obod maskan mahallasida ko‘chma savdo rastalari tashkil etildi

Samarqand viloyatining barcha mahallalarida viloyat hokimligi, prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va soliq organlari tomonidan arzonlashtirilgan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari ko‘chma savdo rastalari tashkil etilmoqda.

Ko‘chma savdo yarmarkalari karantin davrida aholining uzog‘ini yaqin qilib, ularga bir qator qulayliklar yaratayotir. Ana shunday yarmarkalardan biri Samarqand shahri, Obod maskan mahallasida tashkil etildi.

Mas’ullar savdo rastalarida narx-navoni nazorat qilish bilan birga aholining rastalarda mavjud bo‘lmagan yana qaysi turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyoji borligi, yolg‘iz keksalar va nogironlarga mahsulotlarni yetkazib berishning ahvolini o‘rganib, muammolarni bartaraf etishmoqda. Ta’minotchilar va ko‘chma savdo guruhi a’zolariga yarmarkani aholi ehtiyojidan kelib chiqib tashkil qilish haqida tavsiyalar berilmoqda.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.