Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘qing, qiziq: Poytaxtsiz mamlakat

Tinch okeanining g‘arbiy qismida orollardan birida Nauru Respublikasi joylashgan. Uning hududi 21,3 kvadrat kilometr bo‘lib, aholisi esa bor-yo‘g‘i 10 ming kishidan oshadi.   

1968 yilda mustaqil davlat deb tan olingan mazkur mamlakatda nafaqat shahar, balki uning rasmiy poytaxti ham yo‘q. Prezident qarorgohi Meneng qishlog‘ida, hukumat idoralari va parlament Yaren mavzeida qo‘nim topgan. Barcha aholi okean qirg‘og‘i va  Buada ko‘li atrofida o‘rnashgan.

Nauru - yer yuzidagi eng kichik mustaqil respublika va eng kichik orol davlat hisoblanadi. Orolda daryolar yo‘q. Yagona Buada ko‘li esa yomg‘ir suvlaridan paydo bo‘lgan. Aholining ko‘payib borayotganligi sabab chuchuk suv yetishmovchiligi muammosi bor.

Nauruda bitta elektorostansiya, bitta dengiz suvini toza ichimlik suvga aylantiruvchi uskuna ishlab turibdi. Qurg‘oqchilik vaqtida toza suv Avstraliyadan keltiriladi.

Orol 3 ming ilgari mikroneziyalik va polineziyalar tomonidan kashf etilgan. Yevropaliklar kelgunicha bu yerda 12 ta qabila yashagan. Ular 1798 yilda Yangi Zelandiyadan Xitoyga ketayotgan ingliz kapitani Jon Firn boshchiligidagi kemada kelishgan va 90 yil davomida shu yerda qolib ketishgan. Orolliklar asosan kokos, palma va pandanus yetishtirib, baliq ovlab kun ko‘rishgan.

1888 yilda Germaniya tomonidan egallab olingan. 1914 yilda esa Birinchi jahon urushida avstraliyaliklar tomonidan bosib olingan. Fosforitga boy bo‘lgan orol 1923 yilga kelib Millatlar Ligasi hududiga kiritilib Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlari tomonidan birgalikda boshqarilgan. Ikkinchi jahon urushida Nauru bir necha marta goh yaponlar, goh nemislar qo‘liga o‘tgan.

Darvoqe, ushbu orolda hozirda qochoqlar lageri joylashgan bo‘lib, unda Afg‘oniston, Eron va iroqlik qochqinlar istiqomat qiladi.

Dilmurod TO‘XTAYeV tarjimasi.