Dunyodagi eng qisqa alifbo
- 07.05.2024 16:45
- 145
- O'qing, qiziq!
Tinch okeanidagi Bugenvil oroli aholisi gapiradigan rotokas tili alifbosida atigi 12 ta harf bor.
U lotin alifbosiga asoslangan bo‘lib, a, e, g, i, k, o, p, r, s, t, u, v harflardan iborat. Rotokas tilida undoshlar soni ham juda kam: atigi yettita. Bu tilda so‘zlashuvchilarning umumiy soni taxminan 4 ming kishini tashkil qiladi.
Filologlar Rotokas tilini papua tillari sharqiy papua guruhiga mansub deb tasniflashadi. So‘zlovchilar sonining ozligiga qaramay, Rotokas uchta - Markaziy, Aita va Pipipay shevalariga ega.
Ma’lumot o‘rnida: 10 000 kvadrat kilometr maydonga ega Papua-Yangi Gvineya davlati tarkibiga kiradigan Bugenvil oroli Avstraliyaning sharqida joylashgan. Orol dunyodagi birinchi fransuz ekspeditsiyasining rahbari, mashhur fransuz dengizchisi Lui Antuan de Bugenvil (1729–1811) sharafiga nomlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa