Pul topib baxt topmaganlar...
Lotoreyada katta pul yutib olganlar kishilar xususida
Lotoreyada katta miqdorda sovrin yutib olgan odam qanday qilib baxtsiz bo‘lishi mumkin? Misol uchun, agar siz 10 million dollar yutib olsangiz nima qilgan bo‘lardingiz? Aniqlanishicha, ko‘pchilik "omadli"lar umuman katta pulni ko‘rib, o‘zini yo‘qotib qo‘yar ekan, kim bilsin, balki ular lotoreya o‘ynamagani ma’qulroqmidi? Quyida yutuq egalarining uzoqni ko‘rmay ish tutganliklari natijasida ro‘y bergan noxush holatlar keltirilgan.
Kelli Rojers
Bir vaqtlar bu qiz 16 yoshida lotoreyada 1,9 million (o‘sha paytda bu miqdor taxminan 3 million dollarga teng edi) yevro yutib olgan sayyoradagi eng omadi chopgan o‘smir bo‘lgan edi. Nima deb o‘ylaysiz, u ko‘chmas mulkka sarmoya kiritib, ishbilarmon ayolga aylandimi? Aslo yo‘q! Pullarining barchasini u do‘konlardagi deyarli bor narsani xarid qilish, ziyofatlar uyushtirish va plastik jarrohliklarga sarf qildi. Hozir u 22 yoshda, Rojers ortida ikki marta o‘z joniga qasd qilishga urinish va ikki farzandi bor.
Hozir u nima qiladi? Mehmonxonada oqsoch bo‘lib ishlaydi.
Ken Proksmayr
Proksmayr lotoreyalardan birida million dollar yutib olishdan oldin mashinist bo‘lib ishlagan. U Kaliforniyaga borib, o‘zining avtomobil biznesini ochdi. Besh yil o‘tgach, Ken kasodga uchrab, yana mashinist bo‘lib ishga kirdi.
To‘g‘risi na uning o‘zi, na o‘g‘li bundan aziyat chekmadi. O‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, ular limuzin va shampandan zavqlanib, yaxshi yashashga ulgurgan, endi esa ishlash vaqti keldi.
Evelin Adams
Bu ayol hayotida ham aql bovar qilmaydigan voqealar sodir bo‘ldi - u 1985 va 1986 yillarda lotoreyada jami 5,4 million dollarni tashkil etgan yutuqni qo‘lga kiritdi. Biroq, yutuq kelajakda foydalanish uchun ishlatilmadi - Evelin ruletkada qimor o‘ynay boshladi va bir necha yil ichida butun boyligini yo‘qotdi. Hozir u fotosuratini yuqorida ko‘rishingiz mumkin treylerda yashaydi.
Billi Bob Xarell
Bu odam o‘zining rahmdilligidan zarar ko‘rdi. Billi 31 million dollar yutib olib, bir nechta uy va bir nechta mashina sotib oldi. U hashamat bilan yashashi va baxtli bo‘lishi kerak edi, biroq Bob unga yordam so‘rab kelganlarning hech biriga rad javobi bera olmadi.
Hotamtoyligi natijasida u bor pulini tarqatdi, shundan so‘ng xotini uni tashlab ketdi. Biroz vaqt o‘tgach, depressiya holatiga tushib qolgan Xarell o‘z joniga qasd qildi.
Maykl Kerrol
Bu holat inson ahmoqligining eng yorqin namunasidir. Hech kim 15 million dollarlik lotoreya yutug‘ini bu odamdek ahmoqona sarf qilgan emas.
Chiqindichi bo‘lib ishlagan Maykl Kerroll yutug‘ini olgach, avvaliga oilasi va do‘stlariga qimmatbaho sovg‘alar bera boshladi. Shundan so‘ng u pulini ziyofatlar, kokain, turli rusumdagi mashinalar va yengil-yelpi hayotga sovurdi.
Bundan tashqari, Kerroll bir milliondan ortiq mablag‘ni qimmatbaho it va zotli otlarga sarfladi, sevimli sport jamoasiga million dollar xayriya qildi va oxir-oqibat oxirgi puliga o‘ziga qimmatbaho mashina sotib oldi.
Endi u deyarli qashshoq, kuniga 42 yevro ishsizlik nafaqasi olib kun ko‘radi. U kim bo‘lib ishga kirmoqchi bo‘layotganini bilmoqchimisiz? Chiqindichi. Ha, ha, yigit avvalgi kasbiga qaytishni xohlaydi.