Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston ixtirochi va tadbirkor ayollari xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi

Ixtirochi ayollardan tashkil topgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 19 iyun kuni Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi.

Koreya Ixtirochi ayollari Assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Offici (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan 20 dan 25 iyunga qadar Janubiy Koreyada XII Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Ko‘rgazmasi - KIWIE 2019 o‘tkazilmoqda.

Xalqaro ko‘rgazma ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini o‘rganish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda. KIWIE 2019 ko‘rgazmasida 30 dan ziyod davlatlardan 400 nafardan ortiq ixtirochi xotin-qiz texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashishadi.

O‘zbekistonning olima va tadbirkor ayollari ham O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 2018 yildan buyon ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib kelishmoqda.

2018 yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan 11-Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Ko‘rgazmasi (KIWIE)da Qo‘mita tomonidan yuborilgan olima ayollar ilk bor mamlakatimiz nomidan ishtirok etib, 1 ta “Grand Prize”, 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarni qo‘lga kiritishgan edi.

Bu yil ham O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 12 nafar iqtidorli xotin-qizlar Janubiy Koreyada joriy yilning 20-23 iyun kunlari o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma va forumda qatnashish hamda 24-25 iyun kunlari Ixtirochi Ayollar Akademiyasida o‘tkaziladigan o‘quv kurslarida o‘z malakalarini oshirishlari uchun yuborildi.