Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"O‘zbekiston temir yo‘llari" chiptalar narxi pasaytirilganini ma’lum qildi

2019 yilning 1 oktyabrdan O‘zbekistonda QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha kamaytirilgani sababli «O‘zbekiston temir yo‘llari» chipta narxini mos ravishda pasaytirdi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasayishi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning barcha mahalliy va xalqaro poyezdlari uchun komissiya yig‘imiga ham tegishlidir.