Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston Toshkentdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonni 2:1 hisobida yengdi

O‘zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvining birinchi bo‘limida O‘zbekiston terma jamoasi ustunlikda harakat qildi. 33-daqiqada To‘rayev boshlab bergan hujumni Ubaydullayev gol bilan yakunladi.
Zaxiradan maydonga tushgan tojikistonlik Jo‘raboyev boshi bilan gol urib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.

67-daqiqada Murod Xolmuhammedov penaltidan ikkinchi golni urdi.
Shu tariqa O‘zbekiston termasi g‘alabani tantana qildi.
O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston - Tojikiston 2:1

Gollar: Ubaydullayev (33), Xolmuhammedov (67 pen) - Jo‘raboyev (48)
O‘zbekiston: 12.Abduvohid Ne’matov, 2.Islom Qobilov, 3.Ibrohim Halil Yuldashev, 4.Husniddin Aliqulov, 10.Abror Ismoilov, 13.Sanjar Qodirqulov, 15.Murod Xolmuhammedov, 17.Shahzod Ubaydullayev, 18.Lutfulla To‘rayev, 20.Xojimat Erkinov, 22.Oybek Bozorov.

Tojikiston: 23.Shohruh Qirg‘izboyev, 4.Xurshed Beknazarov, 5.Manuchehr Safarov, 7.Komron Tursunov, 9.Alisher Jalilov, 17.Ehsoni Panshanbe, 19.Ahtam Nazarov, 20.Amirbek Jo‘raboyev, 21.Manuchehr Jalilov, 22.Jahongir Ergashev, 24.Davronjon Ergashev.