Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston tumanida shisha idishlarga berkitilgan og‘u topildi

25 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Farg‘ona viloyati O‘zbeksiton tumanidagi Oqtepa mahallasida yashovchi I.I.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, bir nechta shisha idishlarda marixuana giyohvand moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, giyohvand modda daliliy ashyo tariqasida olingan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.