Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekiston va Ukraina avia hamda temir yo‘l qatnovini tiklaydi

Kiev shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Ukraina biznes forumi doirasida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini hamda "Toshkent-Xarkov-Toshkent" temir yo‘l liniyasini tiklash masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar qilmoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati.

Forum doirasida shuningdek, joriy yilning bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Ukraina hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham ishlab chiqilgan va bo‘lajak tadbir kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olingan.

Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bojxona va tariflarni tartibga solish, veterinariya-sanitariya talablarini va o‘simliklar karantinini uyg‘unlashtirish borasida o‘zaro munosabatlar sohalarida masalalarni hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani aytilmoqda.