Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib keladi

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 23-26 fevralda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

23 fevralda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 24 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Havo harorati 24 fevralda kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi, 25-26 fevralda harorat kechalari 7-12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 23 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-25 fevralda Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17-22 daraja sovuq, kunduz kunlari 10-15 daraja sovuq bo‘ladi. Samarqand viloyatida esa 23-24 fevral kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 25-26 fevralda harorat kunduzi 0-3 daraja, kechalari 11-12 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.