Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

O‘zbeklarga Qozog‘istonda ishlash osonlashdi

O‘zbeklarga Qozog‘istonda, qozoqlarga O‘zbekistonda ishlash osonlashdi. 15 aprelda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida mehnatkash migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangan, deb xabar bermoqda minbar.uz.

Bitim nega muhim: bu hujjat ikki tomonlama bo‘lsa ham, lekin asosan o‘zbek tomoniga manfaatliroqdir. Endi Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarning ishga joylashuvi osonlashadi.

Shuningdek, Qozog‘istonga ishlash uchun borgan ba’zi migrantlar qullikka tushib qolayotgan edi. Masalan, yaqinda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Qozog‘istonda qullikda bo‘lgan o‘zbek muhojiriga uyga qaytishga ham yordam bergan. Hujjat bilan Qozog‘iston hududida vaqtincha ishlayotgan migrantlarning huquq va qonuniy manfatlari himoya qilinishini ta’minlashga ham huquqiy asos yaratildi.

Bitim qozoq prezidenti Qosim Jomart Toqayevning Toshkentga tashrifi doirasida O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev va Qozog‘iston mehnat va aholini muhofaza qilish vaziri Berdibek Safarbayev tomonidan imzolangan.