Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Past Darg‘omdagi parranda fermasida yong‘in yuz berdi

2019 yilning 23 oktyabr kuni soat 19:15da Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani, Dimishqibola mahallasida joylashgan “Darg‘om Parranda Fayz” MChJga qarashli parrandachilik fermasida yong‘in yuz bergan.

Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 16 daqiqada yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 16 kilometr). Yong‘in soat 19:50 da o‘rab olinib, soat 21:50 da bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida 8 mingga yaqin jo‘jalar nobud bo‘lgan va parrandachilik fermasining 150 kvadrat metr maydonida tomi, shifti yonib zararlangan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan insonlar qayd etilmagan.

Yong‘indan fabrikaning 550 kvadrat metr maydoni hamda 16 mingtadan ortiq jo‘jalar saqlab qolingan.

FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, yong‘inning qo‘lbola isitish moslamasidan foydalanish oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.