Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pastdarg‘omlik «Adolat»chilar 10 gektar bog‘ yaratyapti

“Harakatda barakat”, deydi doni xalqimiz. Shu bois ozgina harakat qilsak, halol mehnatimiz orqasidan turmush farovonligiga, farzandlarimizning barkamol voyaga yetishiga, yurtimizning yanada ravnaq topishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Bugun "Adolat" SDP faollari ayni shunday g‘oya bilan ish olib bormoqda. Yaqinda partiyadan saylangan deputat ehtiyojmand fuqarolarga mevali ko‘chatlar tarqatgan bo‘lsa, pastdarg‘omlik partiya faollari yana bir xayrli ishga qo‘l urdi.

Xususan, "Adolat" SDP tuman Kengashi "Ayollar qanoti" raisi Gulmira Boboyeva tashabbusi bilan tumandagi "Xonchorbog‘" mahallasi hududida 10 gektar yerda bog‘ tashkil etilmoqda.

Ayni paytda "Adolat bog‘i"ga mevali daraxtlar ko‘chatini ekish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ushbu ezgu tashabbusda "Adolat posbonlari" jamoasi faol ishtirok etmoqda.

- Hukumatimiz tomonidan biz ayollarning adolat, erkinlik, huquq va burchlarimizni ta’minlab, ko‘rsatilayotgan e’zoz va ehtirom, g‘amxo‘rlikka  javoban halol mehnatimiz, jamiyatdagi faolligimiz bilan munosib hissa qo‘shishimiz lozim, - deydi Gulmira opa Boboyeva. – Shu maqsadda xalqimiz dasturxonini sarxil mevalar bilan to‘ldirish uchun olmaning “So‘x guzali” navini keltirdik. Tuman hokimligi tomonidan ajratilgan 10 gektar yerda bog‘ yaratish ishlarini olib boryapmiz.

“Adolat” SDP viloyat kengashi axborot xizmati.