Paxtachida o‘zboshimchalik bilan oltin qazib olayotgan 3 nafar fuqaro tosh ostida qoldi
- 18.09.2019 16:19
- 662
- Samarqand
Kecha, 17 sentyabr kuni soat taxminan 18:30 larda 3 nafar fuqaroni Paxtachi tumanida joylashgan, davlat zaxirasida bo‘lgan “Qoraqo‘ton” tog‘ hududidagi shaxtada oltin moddasini o‘zboshimchalik bilan qazish ishlarini olib borayotganida tog‘ toshi bosib qolgan. Oqibatda 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, 1 nafar fuqaro esa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
oltin
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kechirimning barakasi
- Kecha, 19:52
- Mutolaa
Кўприк устидан учиб ўтган автобус
- Kecha, 11:42
- O'qing, qiziq!
Aql bovar qilmas qotillik
- 20/12, 21:07
- Mutolaa