Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqlik paxtakorlar zafar quchdi

Payariq tumani keyingi o‘n yildan ortiq tanaffusdan so‘ng shartnomadagi 34 ming 370 tonna paxta topshirishni uddalashdi.

Bunga asosiy sabab, paxtachilikda yangi islohotlardan bo‘lgan klaster tizimini misol keltirishimiz mumkin. Tumanda "Payariq klaster" va "Samarqand kotton klaster" MChJlarining tashkil etilishi tumandagi 12 ming 459 gektar paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, fermerlar paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari bilan shartnoma tuzib, ushbu shartnoma asosida g‘o‘za parvarishini amalga oshirishi natijasida fermerlarga yaratilgan sharoit yaxshilanib, hosildorlik ko‘lami ortdi va bu yil ular ulkan xirmon yaratishdi.

Erishilgan muvaffaqiyatga tumandagi “Odil Muhammadiyev”, "Sortoy", "Ziroatshunos paxta dalasi" va "Umidjon taraqqiyoti" fermer xo‘jaliklari munosib hissa qo‘shib, qo‘shimcha ravishda 30-40 tonnadan paxta topshirdi.