Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident shifokorlarning do‘pposlanishiga befarq emas ekan

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida shifokorlarning jamiyatdagi o‘rni va maqomini oshirish, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoiti yaratish zarurligini ta’kidlab, “ijtimoiy tarmoqlarda ularga nisbatan bo‘layotgan zo‘ravonliklarni ko‘rib qolamiz, bu bizning mentalitetimizga umuman to‘g‘ri kelmaydigan holat, buni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi”, deganida to‘g‘risi, ko‘zimdan yosh chiqib ketdi.

Haqiqatdan ham keyingi paytda yurtimizning turli hududlarida shifokorlarga qo‘pol munosabatda bo‘lish, hatto, zo‘ravonlik qilish holatlari uchramoqda. Bu haqda turli fikrlar bildirilmoqda. Birov qonun qabul qilish kerak desa, boshqalar bunga hojat yo‘q, deydi.

Ana, Prezidentimiz ushbu holatlarga, bahs-munozaralarga befarq emas ekan. Jamiyatda xuddi keyingi yillarda o‘qituvchilarga bo‘lgan e’tibor singari, shifokorlarga ham alohida e’tibor qaratish, imtiyoz va imkoniyatlar berish kerakligi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbarining tibbiy muassasalar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ixtisoslashgan tibbiy markazlar faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha ilgari surgan tashabbus va belgilab bergan ustuvor vazifalari ham ko‘nglimizdagi gap bo‘ldi.

Gulzoda NEGMATOVA,

Samarqand viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori,

xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.