Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qaysi avtotransport vositalari stikersiz harakatlanishi mumkin?

AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida kimlarga stikersiz avtomashina boshqarish mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra,

— Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransporti (1 band);

— Xususiy tibbiyot tashkilotlari (xususiy klinika, dorixona va boshqa tibbiyot tashkilotlari)ning faqat xizmat avtotransportiga (2 band) STIKERSIZ harakatlanishiga yengillik yaratildi.

Bunda haydovchi yonida mazkur tashkilotda ishlashini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi nusxasi va karantin davrida ishga jalb etilgani to‘g‘risida tashkilotdan biror hujjat bo‘lishi shart!

Agar shu ikkita hujjat bo‘lmasa, harakatlanishga HAQQINGIZ YO‘Q.

Yana bir qulaylik: Siz transportda birga ishlovchi xodimlarni olib yurishingiz MUMKIN, faqat ular o‘zlari bilan uchta hujjat — pasporti, mehnat daftarchasi va tashkilotdan ma’lumotnoma olib yurishlari shart!

Ammo begona odamlarni transportga o‘tqazish qoidabuzarlik hisoblanadi.