Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev tergov hibsxonasida ochlik e’lon qildi

Bu haqda 26 oktyabr kuni uning advokati Sergey Slesarev RIA Novosti nashriga xabar berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Almazbek Atambayev Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hibsxonasidan (MXDQ) Bishkek shahrining 1-tergov hibsxonasiga o‘tkazilgan.

MXDQ hibsxonasi Qirg‘iziston maxsus xizmatlari binosida joylashgan. Odatda u yerda davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi, korrupsiyada ayblangan yuqori lavozimli amaldorlar, poytaxt va Chuy viloyati hududida har qanday jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslar saqlanadi.